Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akmal Saidov: «Bu qoida sovet davrida juda keng tarqalgandi»

Akmal Saidov: «Bu qoida sovet davrida juda keng tarqalgandi»

Foto: Xabar.uz

Konstitutsiyaviy yig‘ilishda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxo‘jayev 22-moddaga qo‘shimcha kiritishni taklif qilgan.

Uning taklifiga ko‘ra, 22-modda O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas, degan qo‘shimcha bilan to‘ldiriladi.

«Uzoq muddat, ya’ni 8 yilga yaqin chet elda yashagan inson sifatida buni o‘zimga juda yaqin qabul qilaman. Shu bilan birga vatandoshlarimiz, xorijda o‘qib ishlayotgan yoshlarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi», degan Obidxo‘jayev.

Taklif etilgan qo‘shimcha Italiya, Albaniya, Ozarbayjon, Bolgariya, Boliviya, Ekvador, Misr, Estoniya, Vengriya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ukraina, Moldova, Polsha, Portugaliya, Serbiya, Shveysariya konstitutsiyalarida belgilangan.

Ushbu qo‘shimcha O‘zbekiston fuqarolarini chet davlatlarga sud qilish yoki sud qarorida belgilangan jazoni ijro etish uchun berib yuborilishini taqiqlaydi.

«Bu qoida sovet davrida juda keng tarqalgan. Saxarov yo Soljenitsin deysizmi, ko‘p ko‘zga ko‘ringan, rasmiy hokimiyatga yoqmay qolganlar bo‘lsa, ulardan qutulish yo‘li bo‘lgan-da. Hozir diplomatik immunitet degan narsa bor, diplomatlarimiz jinoyat qilib qo‘ysayam, O‘zbekistonga kelib, o‘z qonunchiligimizga ko‘ra jazolanadi. Oddiy fuqaro esa o‘sha borgan davlatidagi qonunchilik bo‘yicha sud qilinadi. Bu juda to‘g‘ri taklif!», degan komissiya raisi Akmal Saidov.

Taklif bir ovozdan ma’qullangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring