Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ajrashgan» maqomi olishni istamagan ayol 27 yildan beri sudda ajrashish uchun rozilik bermayapti

«Ajrashgan» maqomi olishni istamagan ayol 27 yildan beri sudda ajrashish uchun rozilik bermayapti

Hindistonlik Nirmal Singx Panesar 89 yoshda, iste’fodagi harbiy uchuvchi. U 1963-yilda Paramjit Kaur Panesar bilan oila qurdi. Bir muncha vaqt ular baxtli yashashdi –   uch nafar farzandni voyaga yetkazishdi. Ammo hozirda ular 40 yildan beri alohida yashashmoqda, chunki xotini erkak yashayotgan hududga ko‘chib o‘tishni xohlamadi. 1996-yilda erkak ajrashish uchun tuman sudiga murojaat qilgan. Xotin «muqaddas oila» munosabatlarni saqlab qolish uchun ajrashishga rozilik bermadi.

O‘shandan beri Nirmal Hindiston Oliy sudi orqali ajrashish uchun harakat qilib keladi. Oxirgi sud majlisi er-xotinning nikohini «qutqarib bo‘lmaydigan», deb topdi, ammo bu hali ham nikohni rasman tugatish uchun yetarli asos emas edi.

«Oila instituti jamiyatda muhim o‘rin tutishini unutmasligimiz kerak», — deyiladi sud qarorida.

Shuningdek, qaror chiqarilishidan oldin, 82 yoshli ayol hali ham eriga g‘amxo‘rlik qilishga tayyorligini aytdi. Bundan tashqari, u «ajrashgan» maqomi bilan o‘lishni xohlamaydi, deb xabar beradi Kalinga mahalliy telekanali.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring