Afg‘onistondan besh mamlakat fuqarolari evakuatsiya qilindi
Rossiya Mudofaa vazirligi samolyoti ruslar hamda Armaniston, Belarus, Ukraina va Afg‘oniston fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qildi. Samolyot Moskva viloyatidagi Chkalovskiy aerodromiga qo‘ndi. Bu haqda harbiy departament ma’lumotiga asoslanib TASS xabar bermoqda.
«Ayni paytda yo‘lovchilar bojxona va koronavirusga qarshi nazoratdan o‘tkazilmoqda», — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
IL-76 Kobul aeroportiga gumanitar yordam yetkazgan va qaytishda bortda besh mamlakatdan 205 nafar fuqaro bilan qaytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter