Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Adolat»: Abdulloh topildi, ammo haqiqat qaror topgani yo‘q!

«Adolat»: Abdulloh topildi, ammo haqiqat qaror topgani yo‘q!

Foto: «Gazeta.uz»

Andijonlik 20 yashar Abdulloh Tohirovning  shu yilning 27-oktyabr kuni Andijon viloyati IIBga chaqirtirilganidan so‘ng daragi bo‘lmayotgani haqida xabar berilgandi.

Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoq va axborot saytlarining asosiy mavzusiga aylangan ayni holatga  Yoshlar ittifoqi, hatto siyosiy partiyagacha («Adolat») munosabat bildirdi.

Bugun tongda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Abdulloh topilgan.

Ikki hafta davomida qayerda ekani noma’lumligicha qolgan, qayerdaligini hatto IIB ham bilmagan Abdulloh Tohirov 8-noyabr kuni kechqurun ilk bor aloqaga chiqqan. Bu haqda uning otasi Dilmurod Tohirovga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.

«Men uni ko‘rmadim, u qo‘ng‘iroq qildi va uni Toshkentdan qo‘yib yuborishayotgani, uyga, Andijonga qaytayotganini aytdi. U yaxshi kayfiyatda edi, bosim o‘tkazilganga o‘xshamadi. U kim qo‘yib yuborganini aytmadi. Aytishni xohlamadi», — dedi Dilmurod Tohirov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘g‘li Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga emas, balki aynan uyga qaytayotganini aytgan.

«Adolat» sotsial demokratik partiyasi Abdulloh topilganiga o‘z munosabatini bildirib, «Adolat» SDP Bosh prokuraturadan «Abdulloh qayerda?» maqolasi yuzasidan hamda 14 kundan beri uning qayerda ekanligi haqida xabar bermagan shaxslar harakatiga huquqiy baho berib, munosabat bildirishini kutib qolishini» yana bir bor ta’kidlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring