Adliya vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida bir qator tayinlovlar e’lon qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri tayinlandi
Ushbu lavozimga Elmurod Ergashovich Tursunov tayinlandi.
Elmurod Tursunov1983 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2006 yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2006-2007 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 1-son davlat notarial idorasi arxivariusi lavozimidan boshlagan. 2007-2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2022 yildan hozirgi vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Adliya vazirligida Vazir kotibiyati mudiri tayinlandi
Ushbu lavozimga A’zamjon Abdukadirovich Sarabekov vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
A’zamjon Sarabekov 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008 yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr, 2010 yilda mazkur institutni magistratura bosqichini tamomlagan, 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi, huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2003 yilda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot markazi yetakchi mutaxassisi lavozimidan boshlagan. Adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2020 yildan hozirgi vaqtga qadar Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan G‘aybullo Sadulloyevich Primov tayinlandi.
G‘aybullo Primov 1990 yilda Navoiy viloyati, Navbahor tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2011 yil Namangan davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2012 yilda Navoiy viloyat Navoiy shahar 7-son davlat notarial idorasi kotibi lavozimidan boshlagan. 2012 yil may oyidan - 2021 yillarda adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2021 yildan hozirgi vaqtga qadar Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi
Mazkur lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Amangeldi Barlikbayevich Prenov tayinlandi.
Amangeldi Prenov 1988 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2011 yilda Qoraqalpoq davlat universitetini bakalavr, 2014 yilda ushbu universitetni magistratura bosqichini tamomlagan, huquqshunos.
U adliya organlaridagi mehnat faoliyatini 2018 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Ijtimoiy-iqtisodiy soxada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2018 noyabrdan-2023 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
2023 yildan hozirgi vaqtga qadar vazirlikning Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter