Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Adliya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati

Prezident qaroriga muvofiq, Istamov Mahmud Shuhratovich adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Maxmud Istamov Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligida va Prezident Adminstratsiyasida turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Hozirga qadar adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring