Abduqodir Toshqulov Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida bo‘lib, Sindzo Abe xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
«Sindzo Abe Yaponiya tarixida eng uzoq muddat Bosh vazir lavozimida faoliyat yuritgan va mamlakat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan siyosiy arbob bo‘lgan.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkam poydevorga ega bo‘lishda ham marhumning xizmatlari katta hisoblanadi», deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, bugun Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe suiqasd natijasida 67 yoshida vafot etdi.
Abe mamlakat g‘arbidagi Nara shahrida saylovoldi tashviqoti chog‘ida nutq so‘zlayotganida qo‘lbola quroldan unga qarata o‘t ochilgan.
Tesuya Yamagami voqea joyida qo‘lga olingan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe suiqasd natijasida bevaqt vafot etgani munosabati bilan Yaponiya Imperatori Naruxito va Bosh vaziri Fumio Kisidaga hamdardlik yo‘lladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter