Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sindzo Abeni otib o‘ldirgan qotil ruhiy xasta emas deb topildi

Sindzo Abeni otib o‘ldirgan qotil ruhiy xasta emas deb topildi

2022 yilning yozida Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abeni otib o‘ldirgan yaponiyalik ishsiz Tesuya Yamagami majburiy psixiatrik tekshiruvdan so‘ng ruhiy sog‘lom deb topilgan. Bu haqda TASS xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, u yopiq tibbiy muassasadan Nara shahar politsiyasi qamoqxonasiga o‘tkazilgan. 13 yanvar kuni bu odam qotillik va noqonuniy qurol saqlashda ayblanib, javobgarlikka tortiladi.

Ma’lumot uchun, Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Abe 8 iyul kuni Nera shahrida saylovoldi tashviqoti chog‘ida sodir etilgan suiqasddan so‘ng kasalxonada vafot etgan edi.

Yaponiyaning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarining sobiq dengizchisi Yamagami siyosatchiga orqadan yaqinlashib, uni ov miltig‘i bilan o‘q uzgan va voqea joyida qo‘lga olingan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring