60 yoshli erkak to‘rtinchi xotinini pichoqladi
Koson tumani «Nartichuqur» mahallasida yashovchi fuqaro qotillikka qo‘l urdi.
Qashqadaryo viloyat IIBning ma’lumotiga ko‘ra, bundan 14 yil oldin turmush o‘rtog‘i vafot etgan M.I. hamshahari R.D. bilan turmush qurgan. Undan o‘g‘il farzand dunyoga kelgan. So‘ngra kasbilik Q.F.ga uylangan. Uchinchi xotinidan ham ikki nafar farzand ko‘rgach, 2014-yilda yana sha’riy nikoh asosida Sh.Ya.ga uylangan.
Yoshi oltmishni qoralab qolgan M.I. to‘rtinchi turmush o‘rtog‘i Sh.Ya. ishlaydigan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli bolalar shifoxonasiga boradi.
Turmush o‘rtog‘ini ko‘rgan shifokor haqoratomuz gaplar bilan uni xonasidan haydab chiqarmoqchi bo‘lgan. Bunga javoban er bo‘lmish o‘zi bilan olib borgan oshxona pichog‘ini ayolning chap ko‘krak va yon hamda bel sohasiga bir necha marotaba tiqib oladi. Natijada ayol shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan M.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter