Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

30 mart. Napoleon urushlari, Tolstoyning kundaligi, Eyfel minorasi, bir kunda tug‘ilgan ikki buyuk rassom va boshqa muhim voqealar

30 mart. Napoleon urushlari, Tolstoyning kundaligi, Eyfel minorasi, bir kunda tug‘ilgan ikki buyuk rassom va boshqa muhim voqealar

Foto: «Xabar.uz»

  • Gullar kuni (Barselona, Ispaniya).
  • Sulton Kelantan kuni (Malayziya).
  • Yerni himoya qilish kuni (Falastin davlati).

Voqea-hodisalar

  • 1775-yil — Britan parlamenti Shimoliy Amerika mustamlakalariga Britaniyadan boshqa davlatlar bilan savdo qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.
  • 1791-yil — Fransiya milliy yig‘ini metr etalonini tasdiqladi: Parij meridianining qirq milliondan bir qismi.
  • 1814-yil — Ittifoqchi qo‘shinlar (Rossiya, Angliya, Prussiya va boshqalar) Parijni ishg‘ol qildi. Shu tariqa Napoleon urushlari xotima topdi.
  • 1842-yil — Doktor Krouford Uilyamson Long (Jefferson, Jorjiya) bemorning bo‘ynidagi o‘simtani olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotida ilk marotaba efirdan anestezik vosita sifatida foydalandi.
  • 1847-yil — Lev Tolstoy kundalik yuritishni boshladi va umri bo‘yi davom ettirdi. Uning kundaliklari jami 13 jildga yetadi.
  • 1850-yil — «Royal Adelaide» paroxodi (SShA) Margit shahri yaqinida halokatga uchradi. Qariyb 300 kishi halok bo‘ldi.
  • 1856-yil — Qrim urushi (1853—1856-y.y.) Parijda tinchlik shartnomasi tuzilishi bilan nihoyalandi.
  • 1863-yil — Daniya qiroli Frederik VII Shlezvigni Golshteyndan ajratib, Daniyaga qo‘shib oldi. Hozir bu ikki hudud (Shlezvig-Golshteyn) yana birlashgan va Germaniya tarkibida.
  • 1867-yil — Vashingtonda Rossiya-amerika shartnomasi tuzildi. AQSh Alyaska va Aleut orollarini 7,2 mln. dollarga sotib oldi.
  • 1889-yil — Eyfel minorasi qurilishi tugallandi.
  • 1899-yil — Angliyaning «Stella» yo‘lovchi tashuvchi paroxodi La-Manshda halokatga uchradi. Qurbonlari soni — 105 kishi.
  • 1945-yil — Gdansk (Polsha) nemis fashistlaridan tozalandi.
  • 1946-yil — «Oskar» taqdimoti ilk marta radio orqali uzatildi.
  • 1954-yil — Torontoda Kanadaning birinchi metrosi ishga tushdi.
  • 1981-yil — Sobiq ittifoqda birinchi marotaba yozgi vaqtga o‘tildi.
  • 1981-yil — AQSh prezidenti Ronald Reyganga suiqasd uyushtirildi.
  • 1987-yil — London kimoshdi savdosida Van Gogning «Kungaboqarlar» asari 50 million dollarga sotildi.
  • 1990-yil — Estoniya Sovet ittifoqi tarkibidan chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotganini e’lon qildi.
  • 1998-yil — Sobiq bosh vazir Robert Kocharyan Armaniston prezidenti etib saylandi.

Tavallud kunlari

  • 1432-yil — Mehmed II (1481 yili v.e.), usmonli turk sultoni (1451—1481), Vizantiya imperiyasiga faoliyatiga nuqta qo‘ygan.
  • 1746-yil — Fransisko Xose de Goyya, buyuk ispan rassomi (1828-yili v.e.).
  • 1757-yil — Jan Fransua Pilatr-de-Roze, fransuz fizigi va kimyogari, aviatsiya asoschilaridan biri (1785-yili v.e.).
  • 1853-yil — Vinsent Van Gog, buyuk golland rassomi (1890-yili v.e.).
  • 1894-yil — Sergey Ilyushin, aviakonstruktor, «Il-2» samolyoti muallifi (1977-yili v.e.).
  • 1926-yil — Ingvar Kamprad, shved tadbirkori, «IKEA» kompaniyasi asoschisi (2018-yili v.e.).
  • 1968-yil — Selin Dion, kanadalik xonanda.
  • 1986 — Serxio Ramos, ispan futbolchisi, 2010-yilgi jahon chempioni.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring