24-may. Ibn Sino va Zuhro, birinchi telegramma, «Sheryurak», Seydulla Moldaxanov 60 yoshda va boshqa voqealar
Bayram va muhim sanalar
- Slavyan yozuvi va madaniyati kuni (Bolgariya).
- Qirolicha Viktoriya tavallud kuni (Kanada).
- Mustaqillik kuni (Eritreya).
Voqea-hodisalar
- 1032-yil — Abu Ali ibn Sino Zuhro (Venera) sayyorasining Quyosh gardishi bo‘ylab o‘tishini kuzatdi va yozib qoldirdi.
- 1276-yil — Magnus I Ladulosga Shvetsiya qiroli toji kiydirildi.
- 1626-yil — Yangi Niderlandiya rahbari Peter Minyoyt hindulardan Manhetten orolini 60 guldenga sotib oldi.
- 1800-yil — Sankt-Peterburgda generalissimus Aleksandr Suvorovning dafn marosimi o‘tkazildi.
- 1830-yil — AQShdagi eng eski Baltimor — Ogayo temiryo‘l tarmog‘i ishga tushdi.
- 1844-yil — Semyuel Morzening telegrafidan dunyodagi birinchi telegramma jo‘natildi.
- 1900-yil — Sankt-Peterburgda imperator Nikolay II ishtirokida «Avrora» kreyseri suvga tushirildi. Bu kemadan keyinchalik inqilobchilar uni taxtdan ag‘darishda foydalanishdi.
- 1941-yil — Ikkinchi jahon urushi: Daniya bo‘g‘ozida Germaniyaning «Bismark» linkori Buyuk Britaniyaning «Hud» kreyserini cho‘ktirib yubordi.
- 1956-yil — Shveysariyaning Lugano shahrida birinchi Yevrovideniya qo‘shiqlar tanlovi o‘tkazildi.
- 1982-yil — Eron-Iroq urushi: forslar armiyasi Xurramshahrni qaytarib oldi.
- 1993-yil — Eritreya Efiopiyadan mustaqil bo‘lib chiqdi.
- 1995-yil — Mel Gibsonning «Sheryurak» filmi ekranlarga chiqdi.
- 2001-yil — rus «Vikipediya»siga birinchi maqola joylashtirildi.
- 2006-yil — «Wikimapia» loyihasi ishga tushirildi.
Tavallud kunlari
- 1686-yil — Gabriyel Daniyel Farengeyt, nemis fizigi, termometrda simobni birinchi bo‘lib ishlatgan. Farengeyt shkalasini ixtiro qilgan.
- 1819-yil — qirolicha Viktoriya, Buyuk Britaniya taxtidagi hannoverlar sulolasining oxirgi vakili.
- 1905-yil — Mixail Sholoxov, rus yozuvchisi, Nobel mukofoti sovrindori.
- 1940-yil — Iosif Brodskiy, rus shoiri, Nobel mukofoti sovrindori.
- 1941-yil — Bob Dilan, amerikalik qo‘shiqchi, shoir va bastkor, adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.
- 1958-yil — Seydulla Moldaxanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
Vafot etganlar
- 1377-yil — Olgerd, Litva knyazi.
- 1543-yil — Nikolay Kopernik, polyak astronomi, matematik va iqtisodchi.
- 1903-yil — Marsel Reno, fransuz avtokonstruktori va poygachisi. «Renault» konserni asoschilaridan biri.
- 2000-yil — Oleg Yefremov, taniqli kino va teatr aktyori.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter