21-may. Xalqaro kosmos kuni, Avstraliya oltini, FIFA, vodorod bombasi va boshqa voqealar
Bayram va muhim sanalar
- Xalqaro kosmos kuni.
- Xalqaro metrologiya kuni.
- Terrorizmga qarshi kurashish kuni (Hindiston).
- Mustaqillik kuni (Chernogoriya).
Voqea-hodisalar
- 1091-yil — Rus davlatida quyosh tutilishi ilk bor qayd etildi.
- 1502-yil — ispan dengizchisi Juan da Nova Atlantika okeani janubida Muqaddas Yelena orolini kashf qildi.
- 1635-yil — Fransiya O‘ttiz yillik urushga kirishdi (1618 — 1648-yillar).
- 1662-yil — Angliya qiroli Karl II Portugaliya malikasi Katarina Bragansa bilan turmush qurdi.
- 1712-yil — Pyotr I Rossiya poytaxtini Moskvadan Sankt-Peterburgga ko‘chirdi.
- 1792-yil — Yaponiyaning Kyusyu orolida Undzen vulqoni otildi; 15 ming kishi nobud bo‘ldi.
- 1840-yil — Yangi Zelandiya britan mustamlakasiga aylandi.
- 1851-yil — Avstraliyada birinchi oltin topildi.
- 1904-yil — Parijda FIFA — Xalqaro futbol federatsiyasiga asos solindi.
- 1945-yil — Suriya va Livan Fransiyadan mustaqilligini e’lon qildi.
- 1956-yil — AQSh birinchi vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi.
- 1969-yil — «An-26» transport samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi.
- 1982-yil — Folklend urushi: Buyuk Britaniya Folklend orollariga dengiz desantini tushirishni boshladi.
- 2006-yil — Chernogoriyada mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazildi.
Tavallud kunlari
- 1471-yil — Albrext Dyurer, nemis musavviri.
- 1527-yil — Filipp II Gabsburg, Ispaniya va Portugaliya qiroli.
- 1860-yil — Villem Eyntxoven, holland fiziologi, elektrokardiogramma mexanizmlarini kashf qilgani uchun Nobel mukofotini olgan.
- 1878-yil — Glend Hammond, gidroplanni ixtiro qilgan.
- 1921-yil — Andrey Saxarov, taniqli fizik va jamoat arbobi, Nobel mukofoti sovrindori.
- 1927-yil — Orif Alimahsumov, O‘zbekiston xalq artisti, ustoz-murabbiy (2005-y. v.e.).
Vafot etganlar
- 1471-yil — Genrix VI, Angliya qiroli.
- 1619-yil — Jirolamo Fabritsio, italyan jarrohi va anatomi, embriologiya asoschisi.
- 1786-yil — Karl Vilhelm Sheyele, shved kimyogar-dorishunosi, kislorodni kashf qilgan.
- 1865-yil — Kristian Yurgensen Tomsen, daniyalik arxeolog, insoniyat tarixini tosh, bronza, temir davrlariga bo‘lib chiqqan.
- 1889-yil — Gaston Plante, fransuz fizigi, qo‘rg‘oshinli akkumulyator ixtirochisi.
- 1915-yil — Per Marten, fransuz metallurgi, po‘lat quyishning marten usulini ishlab chiqqan.
- 1991-yil — Rajiv Gandi, Hindiston bosh vaziri (1984 —1989 yillar).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter