Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yil 2-3 iyun kunlari Tojikiston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni bajarish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. Eng avvalo energetika sohasidagi kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yil sentyabr oyida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun 65 yoshini qarshi oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring