2025-yilga qadar uch hududda quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi
Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida g‘olib investorlar aniqlandi.
Moliya vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magidagi «umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalar qurish loyihalarini ishlab chiqish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish Dasturi» (IFC Scaling Solar program)ning 3-bosqichda Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha bo‘yicha tenderning 1-bosqichi (2021-yil 31-avgust) dan 11 ta xalqaro kompaniya, 2- bosqichdan (2022-yil 11-noyabr)dan esa 4 ta kompaniya muvaffaqiyatli o‘tib, belgilangan muddatgacha takliflarini taqdim etishgan. Bular:
- Abu Dhabi Future Energy Company– Masdar (BAA) – 3 ta loyihaga;
- Alarko Holding AS (Turkiya) – o‘rta va kichik loyihaga;
- GD Power – Powerchina konsorsiumi (Xitoy) - 3 ta loyihaga;
- Voltalia SA (Fransiya) – kichik loyihaga.
«Avvallari davlat budjeti yoki davlat qarzi hisobiga qurilayotgan elektr stansiyalar so‘nggi yillarda xususiy mablag‘lar hisobiga qurilmoqda. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida DXSh tamoyillari asosida 14 mlrd. dollarlik loyihalarni, jumladan energetika sohasida 3,2 mlrd. dollarlik 9 ta loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. 2023-yilda yana ikkita loyiha – quyosh va shamol stansiyalari bo‘yicha tenderlar yakunlanishi kutilmoqda. Ushbu loyihalar taraqqiyot strategiyasi hayotga izchil tatbiq etilayotgani anglatadi», – deydi Moliya vaziri Timur Ishmetov.
Vazirlikka ko‘ra, tanlov natijasida:
- Masdar kompaniyasi Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyiha bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.
- GD Power – Powerchina konsorsiumi Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha bo‘yicha g‘olib deb topildi.
- Voltalia SA kompaniyasi Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga ega loyiha bo‘yicha g‘olib deb topilgan.
G‘olib bo‘lgan investorlar quyosh fotoelektr stansiyalarini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
G‘oliblar bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitimlarni 2023-yilning 1-choragida imzolash va qurilish ishlarini 2023-yilning 4-choragida boshlash hamda 2024-yilning 4-choragida ushbu stansiyalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter