Jizzaxda quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi quriladi

Joriy yilning 4-5 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro iqlim forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan O‘zbekistonda «yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.
Xususan, vazirlik va SANY Renewables International Investment Co., Ltd. o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, Xitoyning «Liquip International» kompaniyasi Jizzax viloyatining Forish tumanida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurishi bo‘yicha Investitsiya bitimlari qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter