Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2020 yildagi poraxo‘rlik ko‘rsatkichi 2021 yilda ham kamaymagan

2020 yildagi poraxo‘rlik ko‘rsatkichi 2021 yilda ham kamaymagan

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida korrupsiya bo‘yicha jinoyatlarga alohida to‘xtaldi.

Davlat rahbarining aytishicha, 2020 yilda turli darajadagi mansabdorlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun 1723 shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular tomonidan yetkazilgan zarar 500 milliard so‘mni tashkil etgan.

2021 yilning besh oyida esa 1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Yetkazilgan zarar 450 milliard so‘mni tashkil etmoqda.

«Hech shubhasiz, bu moddiy zararlar aybdorlardan undirib olinadi. Korrupsiya balosini jamiyatimiz hayotidan yo‘q qilishga qaratilgan siyosat kelgusida ham qat’iy davom ettiriladi», degan prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring