Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq prezidentlar qamalmoqda yoki o‘lib qutulyapti — Peru

Sobiq prezidentlar qamalmoqda yoki o‘lib qutulyapti — Peru

Foto: BBC

Peruning sobiq prezidenti Olyanta Umala va uning rafiqasi Nadin Erediya 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Prezident va xotini korrupsiyada aybdor deb topildi, ular ikki saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish uchun Braziliyaning Odebrecht qurilish kompaniyasi hamda Venesuela hukumatidan pul olgan.

Hukm e’lon qilinganidan so‘ng, sud zalining o‘zida Umalaning qo‘liga kishan solindi. Sudya uning sudda qatnashmagan rafiqasini ham hibsga olishni buyurdi, keyin ma’lum bo‘lishicha, Nadin Erediya poytaxt Limadagi Braziliya elchixonasidan boshpana topgan, deb yozdi AFP.

Olyanta Umala 2011–2016-yillarda Peru prezidenti bo‘lgan. 2022-yilda Odebrecht bilan bog‘liq ulkan korrupsiya mojarosi doirasida sudga chaqirilgan, bu ishga boshqa sobiq prezidentlar ham aloqador bo‘lishi mumkin.

Peru sobiq prezidenti Alan Garsiya (1985–1990 va 2006–2011-yillar) 2019 yilda politsiya hibsga olish uchun kelganida o‘z joniga qasd qilgan. Yana bir sobiq prezident Alexandro Toledo (2001–2006) millionlab pora olgani uchun o‘tgan yili 20 yilga qamalgandi.

Peruning 2016–2018-yillardagi prezidenti Pedro Pablo Kuchinskining tergovi hali davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring