2 yildan beri pulini bermay kelayotgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Quva tumanida anor meva mahsulotlarini sotib olib, pullarini bermagan shaxs javobgarlikka tortildi.
2019-yilning oktyabr oyida Q.D. tanishi T.N.ning ishonchiga kirib, sotmoqchi bo‘lgan anor meva mahsulotlarini 11.800.000 so‘m evaziga sotib olishga kelishgan. Pullarini ikki oy muddatda berishni aytib, bergan va’dasini bajarmagan. Aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni esa o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168 moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmaslik so‘raladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter