15-martni islomofobiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilish taklif etildi
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ISESCO) 15-martni Butunjahon islomofobiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Islam.ru xabar bermoqda.
Tashkilot prezidenti Abdulaziz ibn Usmon Tuvayrijiyning aytishicha, butun dunyoda musulmonlarga nisbatan ekstremizm va nafrat tarqatish holatlari ortmoqda. Bu esa Islom dunyosidan tashqarida yashaydigan musulmonlarning huquqlari va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Tuvayrijiy hukumatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarni bunday holatlarga qarshi faolroq kurashishga chaqirdi.
Shuningdek, ISESCO rahbari BMTga 15-mart, ya’ni Yangi Zelandiyada musulmonlarga qarshi terakt sodir etilgan kunni Butunjahon islomofobiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilish taklifini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter