Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent islom institutiga rektor tayinlandi

Toshkent islom institutiga rektor tayinlandi

Foto: Muslim.uz

Uyg‘un G‘ofurov Islom instituti rektori bo‘ldi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar berdi

6-dekabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti pedagoglar jamoasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rilib, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G‘afurov Uyg‘un To‘lqinovich Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi. 

U avval xalqaro islom instituti rektori lavozimida ishlagan. 

Ushbu institut rektori vazifasida ishlagan professor Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining Yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring