Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya islom dunyosi davlatlari bilan vizani bekor qilmoqchi

Rossiya islom dunyosi davlatlari bilan vizani bekor qilmoqchi

Rossiya islom dunyosi davlatlari bilan viza rejimini bekor qilish ustida ish olib boryapti. Bu haqda Rossiya prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov «Rossiya – Islom olami: KazanForum» XIV xalqaro iqtisodiy forumi chog‘ida ma’lum qildi.

«Faol ish olib borilyapti. Umuman olganda, niyatimiz viza berish rejimidan butunlay voz kechish. Chunki bu turizm uchun ham, biznes uchun ham juda muhim. Bu borada, albatta, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo arab va ayrim afrika dalvatlari alohida o‘rin tutadi», – deydi Bogdanov.

Rus diplomatii, shuningdek, ayni paytda Osiyoning Indoneziya va Malayziya kabi davlatlari bilan shunday ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.

«Fors ko‘rfazi davlatlari bu yo‘nalishda hamkorlik qilmoqda. Jumladan, bizning doimiy hamkorlarimiz bo‘lgan – Suriya, Iroq va Misr bilan bu borada ko‘p ishlar qilindi. Va biz bundan ham ko‘proq narsalarni kutyapmiz», – deydi u. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring