100 ming kishidan kam bo‘lmagan jamoaga qonunchilikka taklif kiritish huquqi beriladi
100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar, Senat, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi berilmoqda.
Qonunchilik palatasida deputatlar qonun ijodkorligi faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga qaratilgan normalarni ko‘rib chiqishdi. Mazkur loyiha bilan 13 ta qonun, 1 ta kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilanmoqda.
Parlament Quyi palatasi axborot xizmatning ta’kidlashicha, mazkur norma davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtirokini yanada kengaytiradi. Shuningdek, islohotlarning tashabbuskori sifatida insonlar o‘zlarining kelajagi, orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun muhim qarorlar qabul qilishda, jamiyatdagi muammolarni o‘z vaqtida xal etishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishlari uchun sharoit yaratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter