15-iyundan boshlab oshxonalar, bog‘cha va buyum bozorlari ochiladi
![15-iyundan boshlab oshxonalar, bog‘cha va buyum bozorlari ochiladi](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/720_460_95_3330243631.jpg)
Respublika maxsus komissiyasi axborotiga ko‘ra, 2020-yil 5-iyundan boshlab bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilishi xabar qilingandi.
Shuningdek, 2020-yil 15-iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda quyidagilarga ruxsat berilmoqda:
- UMUMIY OVQATLANISh ob’yektlari faoliyatiga.
Shu bilan bir qatorda umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:
- banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
- faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish;
- stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;
- bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;
- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
- har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
2020-yil 15-iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda quyidagilarga ruxsat berilmoqda:
- MAKTABGAChA TA’LIM tashkilotlari faoliyatiga.
Bunda:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash;
xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;
tana harorati 37*S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi;
- BUYuM BOZORLARI faoliyatiga.
Bunda buyum bozorlari doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlanishi, sotuvchilar va xaridorlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37*S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda buyum bozorlari hududiga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter