Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100 million dollar o‘g‘irlagan virus fosh etildi

100 million dollar o‘g‘irlagan virus fosh etildi

Dark Herring virusi bilan zararlangan ilovalar Google Play do‘konidan 105 million marotabadan ko‘proq ko‘chirib olindi. «Zimperium» kompaniyasi Google rasmiy do‘konidagi 470 ta ilovada ushbu virusni aniqladi (va shunday nomladi).

«Zimperium» blogida yozilishicha, zararli dasturiy ta’minot bir qarashda bezarar, hamma ishlatadigan dastur va o‘yinlar ichiga kirib joylashib olgan. Virus shunchalik makkorki, hatto o‘rnatish jarayonida foydalanuvchidan shubhali ruxsatlar uchun izn so‘ramagan, ko‘chirilgan ilovalar bir tekisda ishlashda davom etgan, virus esa payt poylagan.

Dark Herring, uyali aloqa operatorining hisob raqami to‘lov funksiyasidan foydalanib, o‘n millionlab foydalanuvchilarni ularning hisobidan muntazam pul yechilishiga olib kelgan «pulli xizmatlar»ga ulab qo‘yavergan. Tabiiyki, balans sekin-asta tugab borayotganini ko‘pchilik darrov payqamagan, har bir zararlangan qurilmadan virus o‘rtacha 15 dollardan, jami esa 100 million dollardan ko‘p mablag‘ni o‘margan.

Avval-boshdan zararlangan ilovalar Google Play va boshqa android do‘konlarda 2020-yilning martida joylashtirilgan. Hozirda ularning barchasi Google Play dan o‘chirib yuborildi, biroq «Zimperium»ning ogohlantirishini nazardan soqit qilgan chet do‘konlarda virusli-ilovalar hamon navbatdagi o‘ljalarini kutmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring