10 mingta Hyundai: qozoq zavodi O‘zbekistonga mashina eksport qiladi
Qozog‘istonning «Astana Motors» korxonasiga qarashli Hyundai Trans Kazakhstan zavodi bu yil O‘zbekistonga 10 mingta yengil mashina eksport qilishni rejalashtirgan.
Ushbu zavodda 2021 yilda 26 mingta mashina yig‘ilgan bo‘lsa, bu yil to‘liq quvvatda ish boshlagan va bu ko‘rsatkich 45 mingtaga yetkaziladi. Shundan 26 foiz qismi eksportga chiqariladi: 10 mingta O‘zbekistonga, 1,5 mingta Belarus va Qirg‘izistonga.
Ayni paytda zavodda 736 xodim ishlaydi, ularning o‘rtacha oyligi 290 ming tenge (7,2 mln. so‘m). Loyihaning investitsiya qiymati 30 mlrd. tengeni tashkil qiladi.
Zavodda Hyundai brendining deyarli barcha modellari bor: Accent, Elantra, Sonata, Creta, Tucson, Santa Fe, Palisade. Bu mashinalarning Qozog‘istondagi narxi quyidagicha:
- Accent - 7 mln. tenge (175 mln. so‘m);
- Elantra - 9,2 mln. tenge (230 mln. so‘m);
- Sonata - 12,3 mln tenge (307 mln. so‘m);
- Creta - 9,1 mln. tenge (227 mln. so‘m);
- Tucson - 12 mln. tenge (300 mln. so‘m);
- Santa Fe - 15,7 mln. tenge (392 mln. so‘m);
- Palisade - 21,4 mln. tenge (534,5 mln. so‘m)dan boshlanadi.
Ayni paytda O‘zbekistonda ham Hyundai avtolari sotiladi, lekin bojxona to‘lovlari hisobiga qimmat bo‘lib ketgan. Eng arzon model Accent esa sotuvdan olib tashlangan. Masalan, Elantra mashinasi narxlari 300 mln. so‘mdan boshlanadi. Ya’ni Qozog‘istondagidan 70 mln. so‘mga qimmat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter