Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-aprel. Miyako odori, Gitlerning qamalishi, Stiv Jobs katta sahnada, amaldorlarni rus mashinalariga o‘tqizgan Yelsin va boshqa voqealar  

1-aprel. Miyako odori, Gitlerning qamalishi, Stiv Jobs katta sahnada, amaldorlarni rus mashinalariga o‘tqizgan Yelsin va boshqa voqealar  

Foto: «Xabar.uz»

  • Kulgi kuni.
  • Xalqaro qushlar kuni.
  • Eron Islom Respublikasi kuni.
  • Kipr milliy bayrami.
  • Oila kuni (JAR).
  • Miyako odori (Bahorgi raqslar festivali, Yaponiya).

Voqea-hodisalar

  • 568-yil — German qabilasi — langobardlar («uzun soqollilar») Italiyaga bostirib kirishdi. Ular o‘rnashib qolgan Shimoliy Italiyadagi Lombardiya (markazi Milan) viloyati shu qabila nomidan olingan. 
  • 1778-yil — Yangi orleanlik tadbirkor Oliver Pollok dollar belgisi — $ ni o‘ylab topdi.
  • 1875-yil — Angliyaning «Tayms» gazetasi birinchi bo‘lib haftalik ob-havo ma’lumotini chop etdi.
  • 1889-yil — Chikagoda Jozefina Kokreyn yaratgan birinchi idish yuvish mashinasi sotuvga chiqdi.
  • 1890-yil — belgiyalik emmigrant Sharl Van Depule AQShda birinchi trolleybus uchun patent oldi.
  • 1901-yil — XX asrning eng yirik kema halokatlaridan biri: Turkiyaning «Aslana» kemasi Qizil dengizda suv osti qoyalariga urilib halokatga uchradi, 180 kishi halok bo‘ldi.
  • 1924-yil — Amaldagi hukumatni to‘ntarishda uringan Adolf Gitler besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.
  • 1924-yil — Antuan de Sent-Ekzyuperi birinchi hikoyasi «Uchuvchi»ni chop etdi.
  • 1937-yil — Birma (hozirgi Myanma) Hindistondan ajralib chiqdi.
  • 1939-yil — Ispaniyada fuqarolar urushi tugadi. Franko hokimiyatga keldi.
  • 1940-yil — birinchi elektron mikroskop Nyu-Jersida namoyish etildi.
  • 1969-yil — Xitoy kompartiyasi IX s’yezdi «madaniy inqilob» tugaganini e’lon qildi.
  • 1976-yil — Stiv Jobs va Stiv Voznyak «Apple Computer Company»ga asos solishdi.
  • 1979-yil — Umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra, oyatullo Humayniy Eronni islom respublikasi deb e’lon qildi.
  • 1987-yil — Amerikalik Stiven Nyumen to‘rt yil oldin boshlagan sayohatini yakuniga yetkazdi. U bu vaqt oralig‘ida besh qit’aning 20 mamlakatida bo‘ldi, 36 200 kilometrni piyoda bosib o‘tdi.
  • 1991-yil — Varshava shartnomasi tashkiloti tarqatib yuborildi (harbiy tuzilmalari).
  • 1997-yil — Prezident Yelsin barcha rossiyalik amaldorlar Rossiyada chiqarilgan avtomobillarda yurishi shartligi ko‘rsatilgan farmonni imzoladi. Unga bu g‘oyani yangi tayinlangan bosh vazir o‘rinbosari Boris Nemsov bergandi.
  • 2004-yil — «Google»ning «Gmail» elektron pochta xizmati ishga tushdi.
  • 2009-yil — Albaniya va Xorvatiya NATOga a’zo bo‘ldi.

Tavallud kunlari

  • 1578-yil — Uilyam Garvey, ingliz shifokori, zamonaviy fiziologiya va embriologiya asoschisi.
  • 1809-yil — Nikolay Vasilevich Gogol, rus yozuvchisi.
  • 1815-yil — Otto fon Bismark, Germaniya imperiyasi birinchi kansleri, «temir kansler».
  • 1873-yil — Sergey Raxmaninov, rus bastakori.
  • 1906-yil — Aleksandr Yakovlev, aviakonstruktor, «YaK» samolyotlari muallifi.
  • 1934-yil — Vladimir Pozner, radio va telejurnalist.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring