Ey inson, nega aziz joningga qasd qilasan?!
Har 40 soniyada bir odam o‘z hayotiga o‘zi nuqta qo‘yadi. Dunyo bo‘ylab bir yil davomida o‘rtacha 800 000 kishi joniga qasd qiladi. Bu yirik bir shahar aholisining yoppasiga qirilishi bilan barobar...
Biror-bir din yo‘qki, insonning o‘z joniga qasd qilishini qattiq qoralamasa, biror jamiyat yo‘qki, bunga qarshi kurashmasa. Lekin shuncha urinishlarga qaramay umriga o‘z qo‘li bilan yakun yasayotganlar soni ortgandan-ortib bormoqda. Yana bu yo‘lni tutganlarning aksariyati katta hayotga endigina qadam tashlayotgan yoshlar ekanligi, ularning o‘limida aynan o‘z joniga qasd qilish ikkinchi yirik sabab ekanligi ikki karra achinarli. Eng qizig‘i, bu ayanchli holat rivojlangan davlatlarda urchiyotgani hech bir mantiqqa sig‘maydi.
O‘z joniga qasd qilish — ixtiyoriy ravishda o‘z hayotiga nuqta qo‘yish ikki sinfga bo‘linadi. Chin o‘z joniga qasd qilishda bunga uzoq tayyorgarlik ko‘riladi va har qanday holatda ham amalga oshiriladi. Psevdo, ya’ni soxta aktda esa inson ma’lum bir sababga ko‘ra to‘satdan shu fikrga keladi va o‘zini idora qilishni to‘xtatib, hayotiga zomin bo‘ladi.
Odamni bunday dahshatli harakatga undovchi sabablar juda ko‘p. Ular orasida tushkunlik, oilaviy mojarolar, ruhiy yoxud tuzalmas kasalliklar, iqtisodiy muammolar, zo‘ravonlik qurboni bo‘lish, o‘smirlikdagi tegmanoziklik kabi omillar yetakchilik qiladi.
Dunyo mamlakatlarida bu muammo turlicha tarqalgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning iqtisodiy farovonligi o‘z joniga qasd qilish holatlari kam bo‘lishini anglatmaydi, aksincha, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlarda bu muammoning urchiganligi taajjublanarli hol. Shuningdek, ko‘plab musulmon mamlakatlarida bu boradagi ko‘rsatkichlarning pastligini ham ishonarli deb bo‘lmaydi. Chunki islom dini o‘z joniga qasd qilishni qattiq qoralaydi, shu bois bunday holat sodir etilgan taqdirda ham ko‘p hollarda sir tutiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2012-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra davlatlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlari jadvali quyidagicha bo‘lgan (wikipedia.org ma’lumotlari):
№ |
Davlat |
2012-yil davomida o‘z joniga qasd qilish holatlari |
2012-yil davomida har 100 000 kishi orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari |
2000-yil davomida har 100 000 kishi orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari |
1 |
277 (72/205) |
44,2 |
48,3 |
|
2 |
Koreya Respublikasi |
17908 (5755/12153) |
28,9 |
13,8 |
3 |
6170 (1446/4724) |
28,8 |
52,7 |
|
4 |
1007 (177/830) |
28,2 |
44,9 |
|
5 |
145 (32/114) |
27,8 |
19,8 |
|
6 |
4360 (1639/2721) |
27,4 |
24,6 |
|
7 |
5572 (2468/3104) |
24,9 |
33,5 |
|
8 |
7228 (2445/4783) |
24,9 |
23,8 |
|
9 |
3912 (788/3123) |
23,8 |
37,6 |
|
10 |
1617 (401/1216) |
23,1 |
19,6 |
|
11 |
Hindiston |
258075 (99977/158098) |
21,1 |
23,3 |
12 |
1470 (443/1027) |
19,8 |
20,8 |
|
13 |
Turkmaniston |
1003 (197/806) |
19,6 |
15,2 |
14 |
31997 (5781/26216) |
19,5 |
35,0 |
|
15 |
4323 (1278/3045) |
19,5 |
18,6 |
|
16 |
2519 (567/1952) |
19,1 |
25,7 |
|
17 |
29442 (8554/20888) |
18,5 |
18,8 |
|
86 |
2184 (538/1646) |
8,5 |
10,4 |
|
168 |
33 (12/21) |
0,9 |
1,4 |
|
169 |
43 (14/29) |
0,9 |
1,7 |
|
170 |
Saudiya Arabistoni |
98 (19/78) |
0,4 |
0,6 |
171 |
77 (22/55) |
0,4 |
0,5 |
O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda yuqori o‘rinlarni band qilmagan bo‘lsa-da, bu muammoga jiddiy qarashga to‘la asos bor. Chunki bizda ham o‘z joniga qasd qiluvchilar kamayganini e’tirof etsak-da, ularning o‘rtacha yoshi kichrayib bormoqda.
Yoshlarning bu og‘ir qarorga kelayotgani dunyo hamjamiyatini chuqur o‘yga toldirayapti. Oxirgi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda suitsidga chaqiriqlar, o‘zini virtual olam qahramoniga aylantirishga urinish, uzoqdagi niyati buzuq shaxslar ta’siriga tushib qolish kabi jiddiy xavflar kuchayib bormoqda. Ayniqsa Rossiya, Ukraina kabi davlatlarda turli o‘yinlarga virtual qaramlik ortidan o‘z joniga qasd qilish hollari ko‘paymoqdaki, buning o‘zi alohida mavzu.
Ushbu muammoga qarshi kurash ma’lum bir oilaning emas, butun jamiyatning, davlatning muhim vazifasidir. Chunki mana shu maqolani o‘qib chiqquningizcha dunyoda kamida o‘n inson o‘z joniga qasd qilib ulgurdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter