Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abror Zohidov

Kelajakka umid qilish yaxshi, ammo ayni dam ham go‘zal ekanligiga shukr qilish undanda yaxshi.

Abror Zohidovning asl kasbi shifokor. U 1995—2002-yillarda Samarqand davlat tibbiyot institutida tahsil olgan. Ammo davr shiddati, ko‘ngil istagi uni ijodkorga aylantirib qo‘ygan. Bir muddat, ya’ni 2002—2003-yillarda O‘zMUning jurnalistikasida ham o‘qigan, ammo tahsili yakuniga yetmagan.

2001—2017-yillarda qator nashrlarda bosh muharrirlik qilgan. «Shuncha yil gazetada ishlab, bir yil ichida internet orqali maqolalarim chiqqanchalik mashhur bo‘lmagandim. Birorta saytga ishga o‘tmasam bo‘lmaydi, degan qarorga keldim», — deydi u. Mana, safimizda!