Atigi bir haftada shirinlikka o‘chlikdan qutulish sirini bilasizmi?
Shirinlikka o‘chlikdan qutulish uchun aslida bir hafta kifoya qiladi. To‘g‘ri, boshida qiynalasiz, lekin bir amallab chidasangiz, diabetga qarshi kurashishingiz oson kechadi. Shvetsiyalik diyetolog Fredrik Paulun bu sirni fosh etdi, deb yozadi «Expressen» nashri.
Xususan, mutaxassis sport bilan shug‘ullanishni maslahat beradi — jismoniy faollik tufayli odam organizmi dofamin, serotonin va endorfinlar ishlab chiqaradi. Ikkinchi yo‘li — stressdan xalos bo‘lish. Negaki, stress aksariyat holatlarda odamni shirinlik yeyishga undaydi. Yana bir siri — yoqimli mashg‘ulotlar bilan band bo‘lish: iliq vanna, musiqa, film.
Paulun, shuningdek, to‘yib uxlashni, ko‘proq suv ichishni, oqsilga boy taomlar iste’molini ko‘paytirishni maslahat beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter