Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda erkak ayoli bilan janjallashib, o‘zini yoqib yubordi

Toshkentda erkak ayoli bilan janjallashib, o‘zini yoqib yubordi

Toshkent shahridagi xonadonlarining birida 45 yoshli erkak ustidan spirt quyib, o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda «Millar» teledasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, erkak rafiqasi bilan har doim janjallashib hamisha asabiy yurgan. Holat sodir bo‘lgan tunda erkak ayoli bilan yana janjallashib qolib, uyga o‘t qo‘yishini aytgan. Keyin esa spirtli ichimlik ichib mast bo‘lib qolgan erkak o‘z ustiga etil spirtini quyib, o‘zini yoqib yuborgan.

«Bemor markazga olib kelinganda ahvoli og‘ir edi. Unda 35 foizli kuyish jarohati aniqlangan. Bemorning boshi, tanasi va ikki qo‘l, oyoqlari kuygan», – deydi shifokor.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring