Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda Angliyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Samarqandda Angliyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqaroni chet elga ishga jo‘natish evaziga pul talab qilgan shaxs fosh qilindi.

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.Q. fuqaro T.Sh.ning o‘g‘li va yaqin qarindoshini Angliya davlatiga ishga yuborish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 3 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Firibgar ushbu  pullar hisobidan 800 AQSh dollarni qaytarayotganidan protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring