Qashqadaryodagi «qonli yo‘l»da yana yirik YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 26-oktyabr kuni soat 11:20 larda, xalqaro ahamiyatga molik A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nekus-Beynau» avtomobil yo‘lining 108 km.da Muborak tumani Gazni qayta ishlash zavodi ro‘parasida harakatlangan, haydovchi T.D boshqaruvida bo‘lgan «Gentra» rusumli avtomobil bilan, «Qarshi-Muborak» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib borayotib, qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, ro‘parasidan harakatlanib kelayotgan, haydovchi T.T boshqaruvida bo‘lgan «Lacetti» rusumli avtomashinasi yo‘liga chiqib ketib yo‘l-transport xodisasi sodir etgan.
Yo‘l-transport xodisasi oqibatida qisqa tutashuv sodir bo‘lib «Lacetti» rusumli avtomashinasida yong‘in chiqqan.
Natijada, «Lacetti» rusumli avtomobil salonida yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqarolar U.A. hamda B.S.lar tan jarohati olib Muborak tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Muborak tuman IIB TB tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15-avgust kuni huddi shu yo‘lning 105-kilometrida 8 kishining o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter