Qashqadaryoda «Cobalt» haydovchisi yukxonada odam olib ketayotgani aniqlandi
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar hududida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan «Cobalt» avtomashinasining haydovchisi yukxonada yo‘lovchi olib ketayotganligi aniqlangan. Bu haqda NasafNews xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qarshi shahar hududida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan «Cobalt» avtomashinasi haydovchisi yukxonasida yo‘lovchi olib ketayotganligi aniqlangan. Haydovchidan nima sababdan yukxonaga odam mindirib olgani so‘ralganida, u bundan bexabarligini aytgan. «Men minganini ko‘rganim yo‘q», — deydi u.
Shundan so‘ng haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter