Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda aroq ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

Qashqadaryoda aroq ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dehqonobod tuman bo‘limi, IIB va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro B.U. o‘z uyidan  6 000 dona  «Shahrisabz» nomli qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotini «Isuzu» rusumli yuk avtomashinasida Navoiy viloyatida o‘tkazish uchun olib ketayotgan vaqtida YPX maskanida to‘xtatib qolingan.

Ushbu mahsulotlarning manbasini aniqlash maqsadida davom ettirilgan tadbirda, Shahrisabz shahri Kunchiqar mahallasidagi xonadonda yashovchi O.Sh. o‘z uyida qo‘lbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etganligi fosh etilib, ushbu yashirin sexdan jami 2 568 dona «Shahrisabz» va «Russkaya» nomli  qo‘lbola alkogol mahsuloti, 1 796 dona qalbaki aksiz marka, 920 litr spirt, 6 500 dona yorliq va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, O.Sh. yashirin ishlab chiqarish faoliyati davomida orttirgan daromadlari hisobidan «Nexia-3», «Damas» va «Lacetti» rusumli avtotransport vositalarini xarid qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish), 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring