Poytaxtning Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi (foto)
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
15-iyuldan Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish bo‘yicha keng qamrovli qurilish ishlari boshlanadi. Shu munosabat bilan tuman hokimi Anvar Sayfutdinov ko‘chada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Hokim ularga Hukumat qarori bilan poytaxt ko‘chalarida jozibador va serqatnov turizm hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish maqsadida 24/7 rejimda ishlovchi ko‘ngilochar ko‘cha tashkil etish belgilanganligi haqida ma’lum qilgan. Turistik ko‘chaning ishga tushirilishi tadbirkorlarning daromadi oshishiga xizmat qiladi, dedi u.
Bunyodkorlik ishlari davomida Taras Shevchenko ko‘chasida yoritish ustunlari, o‘rindiqlar va chiqindi qutilari hamda sug‘orish tizimlarini o‘rnatish, daraxtlar ekish ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter