Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkaziladi

Joriy yil 11-17 iyun kunlari Xiva shahrida birinchi Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkaziladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu nufuzli olimpiadada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Oman sultonligi, Gruziya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston kabi mamlakat o‘quvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.  

Shuningdek, olimpiadada faxriy mehmonlar, professorlar yosh bilimdonlar uchun mahorat darslari o‘tkazadilar.

Qayd etilishicha, mazkur olimpiadani o‘tkazishdan  asosiy maqsad iqtidorli yoshlarini aniqlash va qo‘llab – quvvatlashdan  iborat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring