Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 26-fevral kuni xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi deputatlari qatnashdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Deputatlar shu kunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Nazarov Xurshid Aripovichni Jomboy tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter