Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 26-fevral kuni xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi deputatlari qatnashdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Deputatlar shu kunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Nazarov Xurshid Aripovichni Jomboy tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring