Jizzaxda 10-sinf o‘quvchisi fuqaroni 90 mln so‘mga «uxlatish»ga urindi
IIV Kiberxavfsizlik markazi bergan xabarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi fuqaro Z.J. hududiy IIBga ariza bilan murojaat qilib, firibgarlik qurboni bo‘lgani haqida ma’lum qilgan.
Murojaatda aytilishicha, u telegram messenjeridagi «Avtokredit bosh to‘lovsiz» guruhiga a’zo bo‘lgan va o‘zini guruh administratori deb tanishtirgan shaxsning 3 yil muddatga 90 mln so‘m evaziga 16 foizdan «Nexia-3» rusumli avtomashinani olib berishi haqidagi va’dasiga ishonib qolgan. Shundan so‘ng o‘zaro kelishuv asosida u boshlang‘ich 2 mln 180 ming so‘m pulni administratorga o‘tkazib bergan. Firibgan mazkur pullarni qo‘lga kiritgach, telegram messenjeridagi yozishmalarini o‘chirib tashlangan va qayta aloqaga chiqmagan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan firibgarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Uning Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi 2006-yilda tug‘ilgan mahalliy maktablarning biri 10-sinf o‘quvchisi M.D. ekanligi aniqlangan.
Hozirda M.D.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter