Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB xodimlari fuqaroga kuch ishlatgani haqida tarqalgan xabarga munosabat bildirildi

IIB xodimlari fuqaroga kuch ishlatgani haqida tarqalgan xabarga munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Arnasoy tuman IIB xodimlari fuqaro J.Qurbonovga nisbatan jismoniy kuch ishlatganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgani xabar berilgan edi.

Mazkur holat bo‘yicha Arnasoy tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borildi. Tekshiruv natijasida, biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli, Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilganligi ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar bo‘yicha kelgusida to‘g‘ri va aniq ma’lumotlarning tarqalishiga e’tibor qaratish muhimligi ta’kidlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring