«Andijonda kelin o‘z qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani» xabariga rasmiy munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijonda kelin o‘z qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani aytilmoqda» sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.
Ushbu xabar yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
«Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan batafsil axborot taqdim etiladi», deyiladi munosabatda.
Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter