Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sanoat energetika guruhi» rasmiy munosabat bildirdi

«Sanoat energetika guruhi» rasmiy munosabat bildirdi

Shu kunlarda bir qator xorijiy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston energetika tizimi haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda. Bu esa ushbu sohada faoliyat yuritayotgan kompaniyalar obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan «Sanoat energetika guruhi» (SANEG) quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekistondagi barcha gaz va neft konlari davlat mulki bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. «Sanoat energetika guruhi» esa tegishli litsenziyalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradi. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasida neft qazib olishni ko‘paytirish dasturi doirasida ish olib boradi.

Bugungi kunda SANEG da 10 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqorolari ishlamoqda, shuningdek, 200 ga yaqin yuqori malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilgan.

2020-2002 yillarda neft qazib olishni ko‘paytirish dasturi doirasida kompaniya 540 million dollardan ortiq sarmoya kiritdi. Buning natijasida
suyuqlik ishlab chiqarish hajmini 42 foizga oshirish borasida ishlarni amalga oshirmoqda.

Neft va gaz kondensati butun hajmi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida qayta ishlanadi va keyinchalik ichki bozorga yetkazib beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 fevraldagi PF-6167-son qaroriga asosan modernizatsiyaga muhtoj bo‘lgan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi auksionga qo‘yildi. Auksion tashkilotchisi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Niderlandiyaning KPMG xalqaro kompaniyasini jalb qilgan holda oshirdi. Bitimning huquqiy yordami Dentons (AQSh) tomonidan amalga oshirildi. Tanlovda 3 nafar arizachi ishtirok etdi. Natijada ushbu korxonadagi davlat ulushini «Sanoat energetika guruhi» qo‘lga kiritdi va u yanada qulayroq shartlarni taklif qildi. Korxonani modernizatsiya qilish dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ish o‘rinlarini saqlab qolish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, o‘z mahsulotlarini qayta ishlash hajmini oshirish, ijtimoiy mas’uliyat choralari ko‘rilgan. Dasturning umumiy qiymati 400 million dollarni tashkil etadi. Dasturni moliyalashtirishda davlatning ishtiroki ta’minlanmagan. 2021-2022 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga 156 million dollar sarmoya kiritildi. Ish davom etmoqda.

SANEG kompaniyasi «Qorako‘l» erkin iqtisodiy zonasida zamonaviy gaz-kimyo klasterini yaratishda ham investor sifatida ishtirok etmoqda. Ushbu loyiha faqat kompaniyaning o‘z mablag‘lari hamda jalb qilingan bozor kreditlari va investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi. Davlat mablag‘lari ishlatilmaydi. Ayni paytda investor tomonidan qariyb 390 million dollar sarmoya kiritilib, qo‘shimcha 2600 ish o‘rni yaratiladi. Budjetga ajratmalarning prognoz ko‘rsatkichi 2026 yildan boshlab yiliga 570 million dollarni tashkil etadi.

«Sanoat energetika guruhi» MChJ o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ochiq, oshkora olib boradi. Korxona jamoasi yaqin kelajakda suyuq uglevodorodlar ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish va korxona oldiga qo‘yilgan barcha vazifalarni bajarish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Kompaniya aholi farovonligi yo‘lida sohani rivojlantirish, O‘zbekiston yoshlarini kasb-hunarga o‘rgatish, o‘z xodimlari va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring