Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi

Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Hamidullo Tojiyevich Inomov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

H. Inomov 1982-yilda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan. 

U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma’muriyatchiligi departamenti davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27-sentyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari ishtirokidagi yig‘ilishda Farg‘ona tumanining sobiq hokimi Sh.Mo‘minovning Yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari qattiq tanqid ostiga olingan va tegishli Prezident qarori bilan vazifasidan ozod qilingan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring