Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chotqol qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi

Chotqol qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi

Kecha, 11 iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining Maydontol va Laylakcha bo‘limlari hududida sodir bo‘lgan. Yong‘in 11 iyul kuni soat 20:00 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘inni bartaraf etishga Favqulodda vaziyatlar vazirligining O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus otryadi xodimlari, Mudofaa, Ichki ishlar, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklari, DXX Chegara qo‘shinlari va tuman FVDT quyi tizimiga kiruvchi xizmatlar kuch va vositalari jalb etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring