Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asal mahsuloti bolalar bog‘chalarining kunlik taomnomasiga kiritiladi

Asal mahsuloti bolalar bog‘chalarining kunlik taomnomasiga kiritiladi

2023-yil 1-sentyabrdan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik iste’mol ratsioniga asal mahsulotini kiritish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Bu haqda Hukumatning joriy yil 12-iyundagi tegishli qarorida belgilab qo‘yilmoqda.

Qarorga ko‘ra, har yili 1–10-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Asal bayrami” va “Asalarichilik mahsulotlari” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.

Asalarichilik sub’yektlarining “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil qilinadigan ko‘rgazma va konferensiyalarda doimiy ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.

Shuningdek, 2023-yilda 200 ming gektar maydonda paxta hosildorligini oshirish uchun g‘o‘zani asalari bilan changlatish agrotexnikasi qo‘llaniladi.

Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari tajribasi asosida Asalarichilik sanoat markazlari tashkil etiladi.

2024-yildan esa intensiv mevali bog‘larda asalari bilan changlatish agrotexnikasini qo‘llash choralari ko‘riladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring