Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do‘stmuhammedova vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do‘stmuhammedova vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa Qizlarxon Do‘stmuhammedova vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi. 

Q.Do‘stmuhammedova 1946-yil, 25-oktyabr sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. Dastlab 1965-yilda Toshkent davlat universitetini, 1977-yilda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati instituti (hozirgi San’at va madaniyat instituti) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1965-yilda M.Qori-Yoqubov nomidagi O‘zbek Davlat filarmoniyasi balet solisti sifatida boshlagan va 1989-yilga qadar faoliyat olib borgan. 

Q.Do‘stmuhamedova lirik raqqosa, raqslari nafis va jozibali harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi. “Go‘zal”, “Tong malikasi”, “Go‘zal tong”, “Intizor”, “Buxoro yulduzi”, “Sevgi taronasi”, “Nozli” kabi zamonaviy, shuningdek, “Munojot”, “Tanavor”, “Mo‘g‘ulchai segoh”, “Qorako‘zim”, “Guluzorim”, “Savti miskin” va bilan mumtoz raqslari mashhur.

“Shashmaqom” telefilmida qatnashgan (1972), “Tanavor” raqs ansambli (Sietl, AQSh)da o‘zbek raqslarini sahnalashtirgan. Do‘stmuhamedova ijodiga bag‘ishlab “Nafosat guldastasi” nomli film ishlangan (1985). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (2000).

 Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring