Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi «startap»lar uchun grantlar ajratiladi

Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi «startap»lar uchun grantlar ajratiladi

Joriy yil 27-may kuni Hukumatning «Ijodkor yoshlarni ko‘llab-kuvvatlash va rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, madaniyat va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:

  • ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda «ERP madaniyat» yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi;
  • madaniyat sohasida sun’iy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha «Ijodiy texnolaboratoriya» tashkil etiladi;
  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida «Ijodkor yoshlar klubi» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • «Madaniyat volontyorlari» ijtimoiy harakati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassislari va taniqli san’atkorlari o‘quv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi.

Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi «Start-Up» loyihalari uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratish choralari ko‘riladi.

2026 yildan Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoshlar uchun tanlov va festivallar tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring