«Diydor»da «Qiyiq qizning quyilishi»
Taniqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev rahbarligidagi «Diydor» teatr studiyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va «Do‘stlar klubi» hamkorligida Rossiyaning Yoqutiston respublikasidan taklif etilgan rejissyor Sergey Potapov yosh ijodkorlarga mahorat saboqlari o‘tmoqda.
Teatr studiyasida O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg Turob To‘la tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Uilyam Shekspirning shoir tarjimasiga oid «Qiyiq qizning quyilishi» asari sahnalashtirilmoqda. Bahodir Yo‘ldoshev badiiy rahbar bo‘lgan ushbu spektakl prem’yerasi 10 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Kinorejissyor, ssenariynavis, teatr rejissyori bo‘lgan Sergey Potapov bir qancha zamonaviy asarlardan tortib, jahon klassikasi durdonalarigacha sahnalashtirgan. U «Makbet» spektakli uchun nufuzli «Oltin niqob» («Zolotaya maska») mukofotini qo‘lga kiritgan.
Klassik asarlarga o‘ziga xos yondashuv bilan zamonaviy ruh bera oladigan Bahodir Yo‘ldoshev va «Diydor» teatr studiyasi ijodkorlarining Sergey Potapov bilan hamkorlikda sahnalashtirilayotgan ushbu sahna asari ham tomoshabinlar ko‘nglidan joy olishiga ishonamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter