Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Omikron» shtammi haqida JSST batafsil ma’lumot berdi

«Omikron» shtammi haqida JSST batafsil ma’lumot berdi

Foto: «News.myseldon.com»

2021 yil 26 noyabr kuni JSST tomonidan «Omikron» nomli B.1.1.529 koronavirus shtammi ro‘yxatga olindi.

Hozirgi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu shtamm haqida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etdi.

«Omikron» boshqa shtammlarga qaraganda tezroq yoki sekinroq tarqalishi hozircha aniq emas. Janubiy Afrikada kasallik yuqishi holatlari ortdi, ammo bu yangi shtammga bog‘liqligini aniqlash uchun olimlar tadqiqotlarni davom ettirmoqdalar.

Infeksiya kasallikning yanada og‘irroq kechishiga sabab bo‘lishi hanuz noma’lum. «Omikron» shtammi keltirib chiqaradigan alomatlarning boshqa variantlarga nisbatan farqi haqida ham ma’lumotlar yo‘q. COVID-19ning barcha turlari og‘ir holatlar yoki o‘limga olib kelishi mumkin.

Dastlabki ma’lumotlar «Omikron» shtammi tufayli qayta kasallanish xavfi yuqori bo‘lishini ko‘rsatib turibdi. Bu haqidagi batafsil ma’lumotlar yaqin haftalar ichida taqdim etiladi.

PZR-testlar infeksiyani, jumladan, «Omikron» shtammini ham aniqlaydi. JSSTning ta’kidlashicha, kasallik og‘ir kechishi va o‘limga olib borish holatlarini kamaytirishda vaksinalar hanuzgacha hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

JSST yangi shtamm bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni olish, uning tarqalishiga qarshi strategiya ishlab chiqish va davo usulini imkon qadar tezroq topish uchun turli davlatlardagi ko‘p sonli tadqiqotchilar ishini muvofiqlashtirishda davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring