Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Omikron» bo‘yicha murakkab vaziyat qachongacha cho‘zilishi ma’lum qilindi

«Omikron» bo‘yicha murakkab vaziyat qachongacha cho‘zilishi ma’lum qilindi

Foto: «Getty Images»

JSSTning COVID-19ga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakili Devid Nabarroning ta’kidlashicha, «omikron» shtammi bilan bog‘liq murakkab vaziyatdan chiqishimiz uchun kamida uch oy ketadi. Biroq uning oxiri yaqin, deyiladi «Sky News» xabarida.

Virus rivojlanishda davom etyapti, shu bois «omikron»dan boshqa shtammlar ham paydo bo‘lishi mumkin, qo‘shimcha qildi Nabarro.

Nabarro kasallik ko‘payib ketishi oqibatida, G‘arbiy Yevropa shifoxonalarini istisno qilganda, aksariyat mamlakatlar sog‘liqni saqlash tizimlari katta bosim ostida ishlayotganidan xavotir bildirdi.

Hech bir mamlakat, ayniqsa, qashshoq mamlakatlar jiddiy cheklovlar joriy etish imkoniyatiga ega emas, bizni oldinda og‘ir uch oy kutmoqda, ta’kidladi Nabarro.

Pandemiya davrida dunyo miqyosida koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 307,9 mln.ta  holat qayd etildi, kasallik oqibatida 5,5 milliondan ortiq inson olamdan o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring